


Buxoro davlat pedagogika instituti yoshlarni giyohvandlikning zararli oqibatlaridan ogoh qilish maqsadida “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” oyligini e’lon qiladi. Shu doirada ijodkor talabalar uchun rasmlar tanlovi tashkil etiladi.
🖌 Tanlov shartlari:
✅ Ishtirok etuvchilar o‘z ijodiy ishlarini “Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida tayyorlaydilar.
✅ Ijodiy ishlar oylik davomida haftaning har juma kunigacha talaba tahsil olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga topshirilishi zarur.
🎨 Tanlov barcha talabalarning ijodiy fikrini namoyon etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va giyohvandlikka qarshi kurashga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beradi.
‼️ Tanlov Nizomi (https://telegra.ph/Yoshlar-giyohvandlikka-qarshi-mavzusidagi-rasmlar-tanlovi-NIZOMI-02-22)