


Togʻay Murod — oʻzbek adabiyotida xalqning dardi, qishloq hayotining sodda, ammo ogʻriqli haqiqatlarini boricha tasvirlagan betakror ijodkor. Uning asarlarida inson qalbi, yerga mehr, vijdon va halollikka sadoqat chuqur aks etadi. Adib soʻzni bezash uchun emas, balki haqiqatni aytish uchun qalam tebratgan yozuvchi sifatida adabiyotimizda alohida oʻrin egallaydi.
✈️ Togʻay Murod tavalludining 78 yilligi munosabati bilan Axborot-resurs markazi qiroatxonasida Tillar fakulteti tyutorlari va talabalari, shuningdek ARM xodimlari ishtirokida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida adibning hayoti va ijodiy merosi, asarlarida ilgari surilgan gʻoyalar, xalqona ruh hamda hayotiy haqiqatlar atroflicha muhokama qilindi. Talabalar tomonidan Togʻay Murod asarlaridan parchalar oʻqilib, ijodiga oid fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur davra suhbati yoshlar qalbida milliy adabiyotga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, adib merosini chuqurroq anglash va qadrlashga xizmat qildi.