Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Bitiruvchilarning fikr va takliflari e’tibor markazida

  • Bosh sahifa
  • Bitiruvchilarning fikr va takliflari e’tibor markazida
Event Image

Bitiruvchilarning fikr va takliflari e’tibor markazida

     Xabar berganimizdek (https://t.me/bukhspi/46053?single) Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov tomonidan bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq va samimiy muloqotlar davom etmoqda. Mazkur uchrashuvlar fakultetlar kesimida tashkil etilib, har bir yo‘nalish talabalari bilan bevosita fikr almashish imkonini yaratmoqda.

     Muloqot davomida bitiruvchilarning kelgusi rejalari, ularning bandligini ta’minlash, pedagogik faoliyatga yo‘naltirish, shuningdek, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Rektor tomonidan yoshlarga o‘z ustida ishlash, kasbiy mahoratni oshirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

     Uchrashuv ochiq savol-javob tarzida o‘tib, talabalarning muammo va takliflari tinglandi hamda ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Bunday muloqotlar bitiruvchilarning kelajak faoliyatiga ishonch bilan qadam qo‘yishlari, ularning tashabbuskor va raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.