
2025–2026 o‘quv yilida Buxoro davlat pedagogika institutining yana bir iqtidorli talabalari e’tirofga sazovor bo‘ldi. Harbiy ta‘lim fakulteti talabasi Sharopov Dilshod Shirinboy o‘g‘li Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/02/02/56324bc1-511a-fabe-6dcc-3c2298e28e8b_media_.pdf).
Ushbu nufuzli stipendiya talabaning ta’lim jarayonidagi faolligi, tarix yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlari va erishgan yutuqlarini tan olish sifatida taqdim etildi. Sharopov Dilshodning ilmiy faoliyatiga leytenant Uzoqov Asliddin Mehriddinovich rahbarlik qilmoqda va uning qo‘llab-quvvatlashi bilan talaba nafaqat ta’limda, balki ilmiy izlanishlarda ham yuksak natijalarga erishmoqda.
👏 Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi Sharopovni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi faoliyatida yangi marralarni zabt etishini tilaydi!

