


Mazkur madaniy-ma’rifiy tadbir davomida ishtirokchilar qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi, milliy urf-odatlari, san’ati, milliy taomlari hamda an’anaviy chiqishlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Tadbir doirasida badiiy chiqishlar, ko‘rgazmalar va qiziqarli dasturlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.