
Buxoro davlat pedagogika institutida yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, yot g‘oyalarga nisbatan mustahkam ma’naviy immunitet hosil qilish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan!” mavzusida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
💬 Tadbirda institut rektori maslahatchisi, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, shuningdek Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi U. Qurbonov, institut profilaktika inspektorlari hamda faol talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
📖 Uchrashuv davomida jaholat, ekstremizm va yot g‘oyalarga qarshi kurashishda ma’rifatning beqiyos o‘rni, diniy bag‘rikenglik, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
🔺 Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, ma’rifat — bu qudrat. Faqat bilim, tafakkur va ongli yondashuv bilangina jamiyatda tinchlik, totuvlik hamda ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash mumkin.

