
2026-yil 20-fevral kuni Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakulteti dotsenti Samadov Abdulaziz Ashurovich 13.00.01 — Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “O‘zgaruvchan ta’lim paradigmasi sharoitida bo‘lajak chaqiriqqacha harbiy ta’lim o‘qituvchisining kasbiy mahoratini shakllantirish mexanizmi” mavzusidagi dissertatsiya ishini institut huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.Ped.13.01 raqamli Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi.
✅ Mazkur ilmiy tadqiqot ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish, bo‘lajak harbiy ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish hamda pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga qaratilgan dolzarb ilmiy natijalari bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

