shape
shape

EMPOWER Women loyihasining 2-guruh bitiruvchilari sertifikatlarga sazovor bo‘ldi!

  • Bosh sahifa
  • EMPOWER Women loyihasining 2-guruh bitiruvchilari sertifikatlarga sazovor bo‘ldi!
Event Image

EMPOWER Women loyihasining 2-guruh bitiruvchilari sertifikatlarga sazovor bo‘ldi!

Erasmus+ CBHE dasturi doirasida amalga oshirilayotgan EMPOWER Women loyihasining 2-pilot guruhi o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi!
Erasmus+ CBHE dasturi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida 33 nafar ishtirokchi ayol zamonaviy va interaktiv usullarda tashkil etilgan onlayn mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdi.
 Loyiha davomida qatnashchilar:
• tadbirkorlik salohiyatini oshirdi;
• innovatsion biznes g‘oyalar ustida ishladi;
• jamoaviy hamkorlik va amaliy vazifalarda faol ishtirok etdi;
• o‘z biznesini boshlash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi;
• mentorlar va tajribali tadbirkorlar bilan fikr almashdi.
Loyiha doirasida:
Ayollarning tadbirkorlik salohiyati rivojlantirildi;
Innovatsion biznes g‘oyalarni amalga oshirishga ko‘mak berildi;
Zamonaviy kasb-hunar va raqamli ko‘nikmalar o‘rgatildi;
Xalqaro tajriba va mahalliy amaliyot uyg‘unlashtirildi.
EMPOWER loyihasining 2-guruh bitiruvchilarini muvaffaqiyatli yakunlashlari bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Olingan bilim va ko‘nikmalar ularning kelajakdagi tadbirkorlik faoliyatida muhim poydevor bo‘lishiga ishonamiz.
Yangi marralar, yangi g‘oyalar va muvaffaqiyatli bizneslar sari!