shape
shape

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

  • Bosh sahifa
  • “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Event Image

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Ark qal’asi hududida Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Mazkur sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirda Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda turli tashkilotlar vakillari ham faol ishtirok etib, jismoniy faollik va birlik muhitini yanada mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Ertalabki mashg‘ulotlar ishtirokchilarga kunni tetiklik bilan boshlash, sog‘lom hayot tarziga amal qilish hamda jamoaviylik ruhini his etish imkonini berdi. Tadbir davomida samimiy muhit, ijobiy kayfiyat va faol ishtirok alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, muntazam sport bilan shug‘ullanishning foydasi haqida ham alohida ta’kidlab o‘tildi. Ishtirokchilar bunday tashabbuslar yoshlar hayotida muhim o‘rin tutishini bildirib, kelgusida ham shunday ommaviy sport tadbirlarini kengroq tashkil etish zarurligini qayd etdilar.