shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan yuqori saviyadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan yuqori saviyadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan yuqori saviyadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Buxoro davlat pedagogika institutida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Won Do Yeon janoblari hamda Toshkent Koreya ta’lim markazi rahbarlaridan iborat delegatsiyaning amaliy tashrifi doirasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Nufuzli mehmonlarni institut rektori Bahodir Ma’murov Baxshulloyevich samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari, xalqaro tajriba almashish hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Nufuzli mehmonlarni institut rektori va rahbariyat vakillari samimiy kutib oldilar. Tashrif avvalida institut fakultetlari tomonidan tayyorlangan milliy va ijodiy ko‘rgazmalar namoyish etilib, mehmonlarga talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyati, milliy qadriyatlarga bo‘lgan e’tibori hamda zamonaviy yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Shundan so‘ng delegatsiya Buxoro Koreys tili ta’lim va mashg‘ulot markaziga tashrif buyurib, markaz faoliyati, o‘quv jarayonlari, zamonaviy jihozlangan sinfxonalar hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar koreys tilini o‘qitish tizimi va ta’lim sifati yuzasidan iliq fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Tashrif davomida institutdagi inkluziv ta’lim xonalari hamda sun’iy intellekt texnologiyalariga ixtisoslashgan innovatsion auditoriyalar ham delegatsiya e’tiboriga havola etildi. Mehmonlar institutda ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ta’limiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xalqaro tajriba almashish hamda talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.