


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar va masʼul xodimlar uchun “Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish” mavzusida onlayn oʻquv-seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar davomida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini taʼminlash, maʼlumotlarni himoyalash hamda raqamli muhitda masʼuliyatli yondashuv masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
✅ Seminarda “ZOOM” platformasi orqali Buxoro davlat pedagogika institutidan quyidagi rahbar va masʼul xodimlar onlayn ishtirok etdilar:
✈️ Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor — Umedjanova Malika Lukmanovna
✈️ O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor — Bafayev Muxiddin Muxammatovich
✈️ Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor — Aminov Jabborbek Samadovich
✈️ Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i — Mirzayev Mansurjon Naimovich
✈️ Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi bo‘lim boshlig‘i — Jo'rayev Qo'ldoshjon Ismatovich
Tadbir davomida sunʼiy intellektdan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etish, normativ-huquqiy masʼuliyat va amaliy tavsiyalar yuzasidan muhim maʼlumotlar berildi.