


Yig‘ilish davomida institut faoliyatiga oid muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, III-Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivalida institut jamoasining ishtiroki bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar, dars jarayonlari tahlili hamda Aniq fanlar oliy maktabiga professor-o‘qituvchilarni qabul qilish masalalari ko‘rib chiqildi.Shuningdek, ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalarida talaba-qizlarning huquq va xavfsizligini ta’minlash, harassment va tazyiq holatlarining oldini olish bo‘yicha vazirlik buyrug‘i ijrosi yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilandi.Yig‘ilishda institutda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijro intizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va vazirlik topshiriqlari ijrosi holati ham atroflicha muhokama qilindi