Bugun dunyo miqyosida OITSga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Ushbu sana aholining xabardorligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamiyatda mas’uliyat va hushyorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
🔴 Qizil lenta — hayot ramzi bo‘lib, u OITSdan jabrlangan insonlarga bo‘lgan hamdardlik va ularni qo‘llab-quvvatlashni ifodalaydi.
✅ Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida bugun sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etish maqsadida maxsus chellenj tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga sog‘lom turmush tarzi, profilaktika choralari va OITS bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi.

