shape
shape

Talaba-qizlarimizdan yana bir sport yutug‘i

  • Bosh sahifa
  • Talaba-qizlarimizdan yana bir sport yutug‘i
Event Image

Talaba-qizlarimizdan yana bir sport yutug‘i

Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-qizlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan “Vazir kubogi” doirasidagi chim ustida xokkey musobaqasida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Institut rektori Bahodir Maʼmurov g‘olib sportchi qizlarimizni samimiy muborakbod etib, ularga kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tiladi.

Musobaqa davomida jamoamiz a’zolari murosasiz va shiddatli bahslarda o‘zlarining yuqori sport mahorati, jamoaviy uyg‘unligi hamda g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishlarini namoyon etdilar. Har bir uchrashuvda ular qat’iyat, chidamlilik va ishonch bilan maydonga chiqib, tomoshabinlar va mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘ldilar.

Mazkur yutuq nafaqat jamoamizning sportdagi salohiyatini, balki institutimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasi bo‘ldi.