shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida “She’riyat shaydolari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida “She’riyat shaydolari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida “She’riyat shaydolari” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarori ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlarning badiiy adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti mezbonligida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tashkil etilgan “She’riyat shaydolari” she’riy ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichi ayni damda davom etmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarori ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlarning badiiy adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti mezbonligida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tashkil etilgan “She’riyat shaydolari” she’riy ko‘rik-tanlovining Buxoro viloyat bosqichi ayni damda davom etmoqda.
Mazkur nufuzli tanlov Buxoro davlat pedagogika institutining Faollar zalida yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘tarinki ruh va ijodiy muhitda o‘tmoqda.
Tanlovda Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat texnika universiteti, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Buxoro davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ishtirok etib, o‘z iste’dod va mahoratlarini namoyon etishmoqda.
Ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bellashmoqda:
Aruz she’riy tizimi vaznlarida yaratilgan asarlar ijrosi
Barmoq she’riy tizimi vaznlarida yaratilgan she’rlar ijrosi
Monolog namunasidan ifodali va yoddan ijro
Shukronalik, Vatanga sadoqat, elga muhabbat mavzusidagi she’riy asarlar ijrosi
Bugungi tanlov she’riyatga oshno qalblarni birlashtirib, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.+