shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasining birinchi Prezidenti Boris Nikolayevich Yeltsin nomidagi Ural federal universiteti dotsenti Anna Aleksandrovna Pecherkina tashrif buyurdi.

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasining birinchi Prezidenti Boris Nikolayevich Yeltsin nomidagi Ural federal universiteti dotsenti Anna Aleksandrovna Pecherkina tashrif buyurdi.
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasining birinchi Prezidenti Boris Nikolayevich Yeltsin nomidagi Ural federal universiteti dotsenti Anna Aleksandrovna Pecherkina tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmon institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, o‘quv auditoriyalari, amaliy mashg‘ulotlar jarayoni hamda talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni joriy etish hamda ilmiy-metodik faoliyatni takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrifning asosiy мақсади “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” hamda “Jismoniy tarbiya va sport” kafedralari doirasida talabalar uchun mahorat darslari, ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida sport pedagogikasi, zamonaviy o‘qitish metodlari, jismoniy tayyorgarlikni rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari hamda xalqaro tajribalar bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.Bundan tashqari, institut professor-o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda istiqboldagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif Buxoro davlat pedagogika instituti va Ural federal universiteti o‘rtasidagi xalqaro ilmiy-akademik aloqalarni yanada mustahkamlash, tajriba almashinuvini kengaytirish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishda муҳим аҳамият kasb etadi.