Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro karatechilari — O‘zbekiston chempionati g‘oliblari!

  • Bosh sahifa
  • Buxoro karatechilari — O‘zbekiston chempionati g‘oliblari!
Event Image

Buxoro karatechilari — O‘zbekiston chempionati g‘oliblari!

    Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida yoshlar va kattalar o‘rtasida karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada respublikaning barcha hududlaridan kelgan eng kuchli sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorati va raqobatbardoshlikni namoyish etdilar.

☄️Chempionat davomida Buxoro viloyati terma jamoasi, jumladan Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari alohida faollik ko‘rsatib, umumiy hisobda 10 ta oltin va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija jamoaning puxta tayyorgarligi, murabbiylar mehnati hamda sportchilarning qat’iyati samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

    Xususan, +18 yosh erkaklar o‘rtasida jamoaviy kumite bahslarida Buxoro viloyati terma jamoasi barcha raqiblarini ishonch bilan ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va oltin medal sohibiga aylandi. Jamoa tarkibida:

👤 Sultonov Amirbek
👤 Komilov Abdug‘ofurjon
👤 Ashurov Suxrobjon
👤 Hayotov Mirjaxon (Buxoro davlat pedagogika instituti bitiruvchisi)
👤 Kuziyeva Dilaferuz (Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi)

ishtirok etib, ularning barchasi oltin medal bilan taqdirlandi.

    Shuningdek, chempionat doirasida yakka bahslarda ham Buxoro davlat pedagogika instituti talabalari munosib ishtirok etib, viloyat jamoasining umumiy natijasiga salmoqli hissa qo‘shdilar.

    Mazkur yutuqlar Buxoro viloyatida, xususan Buxoro davlat pedagogika institutida sport va sog‘lom turmush tarziga qaratilayotgan e’tibor, murabbiylarning fidokorona mehnati hamda sportchilarning tinimsiz mashg‘ulotlari samarasidir.
Sportchilarimizga kelgusida ham ulkan zafarlar, yorqin g‘alabalar va yangi cho‘qqilar tilaymiz!