Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari diqqatiga!

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari diqqatiga!
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari diqqatiga!

    YUNESKO tashkiloti tomonidan Arab madaniyati uchun YUNESKO/Sharja mukofoti tanlovi e’lon qilindi (https://www.unesco.org/en/prizes/sharjah).

🔹 Mazkur mukofot arab madaniyatini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan atoqli olim, olimlar guruhi yoki ilmiy muassasaga beriladi.
🔹 Mukofot miqdori 60 000 AQSh dollari bo‘lib, ikki nafar laureat o‘rtasida teng taqsimlanadi.

📌 Onlayn ariza topshirish istagida bo‘lganlar institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

📝 Tanlovda ro'yxatdan o'tish muddati 4-fevralga qadar!

📌 Belgilangan muddatdan so‘ng arizalar qabul qilinmaydi.

☄️ ✅ Institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limi va Iqtidorli yoshlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamkorligida tanlov doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

— arab madaniyati yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli yosh tadqiqotchilar aniqlanadi;
— tanlov talablari tushuntiriladi va eng munosib 1–2 nafar nomzod tanlab olinadi;
— nomzodlarning ilmiy faoliyati tizimlashtirilib, zarur hujjatlar (CV, tavsiyanoma va asoslovchi materiallar) tayyorlanadi;
— hujjatlar Xalqaro hamkorlik bo‘limi tomonidan YUNESKO onlayn platformasiga yuklanadi va topshirish jarayoni nazorat qilinadi.

📣 Ishtirok natijalari institutning rasmiy Telegram kanali hamda nufuz ko‘rsatkichlarida aks ettiriladi.