


Institut Axborot-resurs markazi fondi yanada boyitildi. Jumladan, o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan, o‘zbek hamda jahon adabiyotining eng sara namunalari jamlangan 2000 ga yaqin badiiy adabiyotlar keltirilib, belgilangan tartibda fondga qabul qilindi.
💻 Mazkur yangi adabiyotlar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarning badiiy tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
📚 Yangi kelgan kitoblardan Axborot-resurs markazida foydalanishingiz mumkin. Barchangizni ushbu noyob adabiyotlar bilan yaqindan tanishib, bilim va ma’naviy ozuqa olishga chorlaymiz.