


Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali tadbir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika institutida tantanali tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan Harbiy ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilarining xizmatlari alohida e’tirof etildi.
☄️✅ Tadbir davomida institut rektori Bahodir Ma’murov tomonidan Harbiy ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi (https://t.me/BuxdpiBatafsil). Bu e’tibor ularning mas’uliyatli faoliyati, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi samarali mehnatiga berilgan yuksak baho bo‘ldi.
Tadbir barchada faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otib, Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.