


☄️ ✅ Buxoro davlat pedagogika institutida “Men donorman” shiori ostida yordamga muhtoj bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi donorlik xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Tadbirda institut rektori B. Ma'murov boshchiligida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ko‘ngilli ishtirokchilar faol qatnashdi.
✔️ Aksiya maqsadi — tibbiy va ijtimoiy yordamga muhtoj bemorlarga beg‘araz ko‘mak ko‘rsatish, donorlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini kuchaytirishdir.
Tadbir davomida ko‘ngilli donorlar turli xastaliklar sababli qonga ehtiyoj sezayotgan bemorlar hayotini saqlab qolish yo‘lida o‘z insoniy burchlarini ado etishdi. Ularning har bir tomchi qoni — bir inson hayotini saqlab qolishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ezgulik — insonning eng oliy fazilati. Donorlik — hayot baxsh etishdir.