Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasining kitoblari Anqara shahridagi Millat kutubxonasiga topshirildi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasining kitoblari Anqara shahridagi Millat kutubxonasiga topshirildi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasining kitoblari Anqara shahridagi Millat kutubxonasiga topshirildi

    Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi delegatsiya Anqara shahridagi Millat kutubxonasiga tashrifi davomida kutubxonaning Jahonnoma boʻlimidagi Oʻzbekiston uchun ajratilgan kitoblar fondi bilan tanishishdi. 
    Jahonnoma boʻlimi 16 ta ustundan iborat doira shaklida qurilgan boʻlib, har bir ustun bir turkiy davlat uchun ajratilgan hamda Oʻzbekistondan keltirilgan kitoblar ham mavjud. Mazkur boʻlimda bir vaqtning oʻzida 400 oʻquvchi 134 ta tilda yozilgan kitoblardan foydalanadi.

    Bahodir Ma’murov institut professor-oʻqituvchilarining kitoblarini Millat kutubxonasi fondiga topshirdi. Shuningdek, institut magistrlari va doktorantlari uchun kutubxona fondidan foydalanish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Shundan soʻng, institut delegatsiyasiga kutubxonada tashkil etilgan “Kelajakka meros” nomli koʻrgazma faoliyati tanishtirildi, koʻrgazma haqida atroflicha ma’lumot berildi.