Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi ilmiy ishlar himoyasi bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi ilmiy ishlar himoyasi bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida navbatdagi ilmiy ishlar himoyasi bo‘lib o‘tdi

     Buxoro davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01 raqamli Ilmiy kengashda navbatdagi dissertatsiya ishlarining himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

    🔍 Jumladan, Kasimov Asror Abdulloyevich 13.00.02 — “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

    🔍 Shuningdek, Akramova Gulhayo Mexriddin qizi 13.00.01 — “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining deontologik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini Ilmiy kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi.

    🎉 Dissertantlarni ilmiy yutuqlari bilan muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!