Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro DPIda Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro DPIda Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi
Event Image

Buxoro DPIda Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi

☄️✅ Buxoro davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan yuksak ruhda tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida konstitutsiyaviy qadriyatlarimiz, inson huquqlari va erkinliklari, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Institut professor-o‘qituvchilari, yoshlar va mehmonlar mamlakatimiz taraqqiyotida Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyatiga doir ma’ruzalar bilan ishtirok etdi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi, milliy qonunchiligimizni chuqur o‘rganishga doir taklif va tashabbuslar ilgari surildi.