Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Xalqaro hamkorlik amalda – zamonaviy ta’lim sari muhim qadam

  • Bosh sahifa
  • Xalqaro hamkorlik amalda – zamonaviy ta’lim sari muhim qadam
Event Image

Xalqaro hamkorlik amalda – zamonaviy ta’lim sari muhim qadam

    Buxoro davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan Vobkent tumani 8-maktab bilan yoshlar salohiyatini rivojlantirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ishlab chiqarish sohalarida ilmiy natijalar va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida imzolangan memorandum doirasida navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.

    Mazkur hamkorlik asosida Vobkent tumani 8-maktabida faoliyat yuritayotgan filippinlik professor Dr. Benigno A. Garil Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida professor tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Transferring Testing with AI-Driven Test Design and Rapid Grading” mavzusida zamonaviy treyning mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminar davomida sun’iy intellekt asosida test topshiriqlarini ishlab chiqish, baholash jarayonini tezkor va samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

    Mazkur treyning ishtirokchilarga zamonaviy baholash tizimlarini amaliy jihatdan o‘rganish, xalqaro tajriba bilan tanishish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish imkonini yaratdi. Buxoro davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish ishlari davom etmoqda.