shape
shape

“Talaba yugur” marafoni 2026

Event Image

“Talaba yugur” marafoni 2026

Buxoro shahrida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Talaba yugur” marafoni yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu sport tadbirida oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar faol ishtirok etdi. Marafon davomida ishtirokchilar 3 kilometr masofani bosib o‘tib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Musobaqa jarayoni yuqori ruhda o‘tib, unda erkaklar va ayollar o‘rtasida, shuningdek, ishtirokchi muassasa va tashkilotlar kesimida ham g‘oliblar aniqlandi.
Natijalarga ko‘ra:
Talaba yigitlar o‘rtasida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Bozorov Shahriyor 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Talaba qizlar o‘rtasida esa Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Ismatullayeva Dinora 1-o‘rinni egalladi.
Mazkur marafonning asosiy maqsadi aholi, ayniqsa talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni muntazam sport bilan shug‘ullanishga undash hamda jismoniy faollikni oshirishdan iboratdir.