Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

“Yurtim qadriyatlari” — faxr va g‘urur maydoni!

  • Bosh sahifa
  • “Yurtim qadriyatlari” — faxr va g‘urur maydoni!
Event Image

“Yurtim qadriyatlari” — faxr va g‘urur maydoni!


    Bugun Buxoro davlat universitetida “YURTIM QADRIYATLARI” respublika ko‘rik-tanlovining 2-hududiy bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlov milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘tkazildi.

     Tanlovda Buxoro davlat pedagogika institutining “Turkiston” jamoasi faol ishtirok etib, o‘zining bilim, ijodkorlik va jamoaviy hamjihatligi bilan ajralib turdi. Ishtirokchilar milliy an’ana va qadriyatlarimizni sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda taqdimotlar orqali mazmunli va ta’sirchan tarzda namoyish etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Turkiston” jamoasi faxrli 🥉-o‘rinni egallab, institutimiz sha’nini munosib himoya qildi.

    Jamoa a’zolarini ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Milliy qadriyatlarimiz — milliy g‘ururimiz!