Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

BuxDPI va Trivera o‘quv markazi o‘rtasida memorandum imzolandi

  • Bosh sahifa
  • BuxDPI va Trivera o‘quv markazi o‘rtasida memorandum imzolandi
Event Image

BuxDPI va Trivera o‘quv markazi o‘rtasida memorandum imzolandi

    Buxoro shahridagi Trivera o‘quv markazi va Buxoro davlat pedagogika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Ushbu uchrashuv ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va kelgusidagi qo‘shma ilmiy, amaliy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Uchrashuvda institut rektori Bahodir Ma'murov, o‘quv markaz direktori Akbarshoh Tilavov va mas'ul xodimlar ishtirok etdi. 

    O'quv markaz rahbari markazning mavjud sharoitlari, ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy o‘quv dasturlari va faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tomonlar kelgusida talaba va magistrantlar uchun amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish, o‘qituvchilar va mutaxassislarning malakasini oshirish dasturlarini ishlab chiqish, innovatsion ta’lim va o‘quv texnologiyalarini tatbiq etish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar, seminarlar va treninglar tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. 

    Mazkur memorandum ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi, talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlaydi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qiladi va ularning kelajakdagi kasbiy salohiyatini mustahkamlashga imkon yaratadi. Shuningdek, memorandum ta’lim va ilmiy faoliyatda innovatsion yondashuvlarni joriy etish, amaliy tajriba almashuvini kuchaytirish hamda qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish imkoniyatlarini yaratadi, bu esa mamlakatimizda sifatli va samarali ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.