


Buxoro davlat pedagogika institutida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida keng ko‘lamli hashar ishlari tashkil etilmoqda. Institut hududi, hovli atrofi hamda fakultetlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilib, muhitni yanada fayzli va ko‘rkam qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur hashar tadbirlarida institutning professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari hamda ishchi-xodimlari faol ishtirok etib, hududlarni tartibga keltirish, yashil maydonlarni parvarishlash, daraxt va gullarga ishlov berish, yo‘laklar hamda o‘quv binolari atrofini tozalash kabi ishlarni birgalikda amalga oshirmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat ta’lim maskani hududining obod va ozoda bo‘lishiga xizmat qiladi, balki jamoada hamjihatlik, mas’uliyat va yurtga mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga ham katta hissa qo‘shadi.
Hashar davomida barcha ishtirokchilar bir maqsad yo‘lida birlashib, Vatan ravnaqi va yurt obodligiga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklarini amalda namoyon etmoqdalar.