


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida korrupsiyaviy holatlarni bartaraf etish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan, tizimda korrupsiya holatlari to‘g‘risida axborot to‘plash, mavjud muhitni o‘rganish, aholi va xodimlar fikr-mulohazalarini tahlil qilish maqsadida “Anonim so‘rovnoma” ishlab chiqildi.
U orqali bildirgan barcha fikr va takliflar korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
🔗 https://forms.gle/mAhtHzzBJ2boU5rp9
Barcha xodimlar hamda fuqarolarni so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim!