


13-may kuni Buxoro davlat pedagogika institutida tashkil etilgan sport tadbirlari ertalabdan yuqori ruh va ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.
Tadbir doirasida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ishchi-xodimlar ishtirokida ertalabgi yurish va badantarbiya mashqlari faol tarzda o‘tkazilmoqda. Mazkur jarayon ishtirokchilarga tetiklik, ijobiy energiya va sog‘lom kayfiyat ulashmoqda.
Shuningdek, turli sport o‘yinlari qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etib, jamoaviylik, hamjihatlik hamda sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mazkur sport tadbirlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlarni sportga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.