


Buxoro davlat pedagogika instituti va Al-Forobiy nomidagi qozoq milliy universiteti oʻrtasida xalqaro akademik faoliyatni yanada rivojlantirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini amalga oshirish maqsadida yoʻl xaritasi imzolandi.
Unga muvofiq, ikki oliygoh talabalari bir akademik jarayonda oliygohlarning mos keluvchi yoʻnalishlarida tahsil olishadi, ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishadi.
Mazkur yoʻl xaritasi ikki oliy taʼlim muassasasining keyingi faoliyatida va xalqaro hamkorlikda katta yoʻnalishdagi ishlarni amalga oshirishda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.