shape
shape

Janar Temirbekova ishtirokida “Zamonaviy pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

  • Bosh sahifa
  • Janar Temirbekova ishtirokida “Zamonaviy pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Event Image

Janar Temirbekova ishtirokida “Zamonaviy pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

    Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti rektori, Buxoro davlat pedagogika instituti faxriy professori, iqtisodiyot fanlari nomzodi Janar Temirbekova tomonidan institutning Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida “Zamonaviy pedagogik ta’limni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. 

    Janar Temirbekova o‘rta umumta’lim maktablarida ta’lim va tarbiyani tashkil etishning zamonaviy modellari, sun’iy intellektni joriy qilish istiqbollari, yosh avlodning axloqiy-ma’naviy tarbiyasini tashkil etmay turib, ta’limda islohot qilib bo‘lmasligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildi. 

    Keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’lim tizimidagi islohotlar haqida misollar keltirib, yangicha yondashuvlar, ta’limni modernizatsiya qilish, shuningdek, ta’lim transformatsiyasiga oid o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Xalqaro doiradagi hamkorligi va tajribalariga tayanib, bugungi kunda institutda aniq fanlar, tabiiy fanlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. 


    Uchrashuv soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 
    Mazkur uchrashuv ikki oliygoh oʻrtasidagi munosabatlarning yuqori bosqichga koʻtarilishi uchun muhim qadam boʻladi.