


Buxoro davlat pedagogika institutida iqtidorli talabalar bilan uchrashuv yuqori saviyada tashkil etildi. Unda institut rektori B. Ma’murov ishtirok etib, talabalarning ilmiy izlanishlari, erishayotgan yutuqlari hamda intellektual salohiyatini yuksak e’tirof etdi.
Uchrashuv davomida zamonaviy ta’lim jarayonida talaba-yoshlarning faol pozitsiyada bo‘lishi, innovatsion fikrlashi, mustaqil izlanish olib borishi hamda o‘z ustida muntazam ishlashi muhim omil ekani ta’kidlandi. Shuningdek, ularning xalqaro maydonda raqobatbardosh, zamon talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislar bo‘lib shakllanishi bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qayd etildi.
✅ Rektor o‘z nutqida iqtidorli yoshlar mamlakat kelajagi, ilm-fan va taraqqiyot tayanchi ekanini alohida ta’kidlab, ularni yuksak marralarni zabt etishga, ilmiy izlanishlarni kengaytirishga hamda xalqaro loyihalarda faol ishtirok etishga undadi.
Shuningdek, iqtidorli talabalar zimmasiga katta ijtimoiy mas’uliyat yuklanishi, ular nafaqat o‘z yo‘nalishida yetakchi bo‘lishi, balki tengdoshlari uchun ibrat maktabi vazifasini o‘tashi zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini erkin bildirdilar. Bu esa o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yangi g‘oyalar va loyihalar yuzaga kelishiga zamin yaratdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning ilmiy-intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni rag‘batlantirish va kelajakda yetuk, raqobatbardosh kadrlar etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.