


Yig‘ilishda 2025–2026-o‘quv yili ikkinchi semestrida talabalar bilimini oraliq baholash natijalarining sifat tahlili hamda yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Davlat dasturi doirasida e’lon qilinadigan loyihalarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, ularning ilmiy salohiyatini amaliyotga joriy etish maqsadida qonunchilik talablariga muvofiq shartnomalar tuzish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.Kengashda Jismoniy madaniyat fakultetida ish yuritilishi, ijro intizomi, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ham tahlil qilindi.Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni ijrosi, aholi bilan muloqot tizimini yanada takomillashtirish, korrupsiyaviy holatlar va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.