


Buxoro davlat pedagogika institutida axborot siyosatini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut Matbuot kotibi Feruz Fayziyev boshchiligida fakultet matbuot kotiblari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida institut faoliyatini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda tizimli, tezkor va sifatli yoritish, rasmiy sahifalarda e’lon qilinayotgan materiallarning mazmuni va uslubini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fakultetlar kesimida olib borilayotgan axborot ishlari tahlil qilinib, media reja asosida samarali faoliyat yuritish, foto va video materiallar sifatini oshirish, dolzarb yangiliklarni jamoatchilikka tezkor yetkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida matbuot kotiblari bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur yig‘ilish institutning axborot siyosatini kuchaytirish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.