


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi 656-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq, oliy ta’lim muassasasi quyidagi talablarni bajara oladigan mutaxassislarni ochiq tanlov asosida ishga taklif etadi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish (kamida bakalavr darajasi).
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lish.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti hamda amaliyotini chuqur bilish.
Pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lish.
Talabalar bilan ishlashda mas’uliyatli, faol va tashabbuskor bo‘lish.
Talabalarning ta’lim jarayonidagi individual rivojlanishini kuzatish va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish.
Talabalarning psixologik holati, ijtimoiy faolligi va o‘qish motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash.
O‘quv jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda ko‘mak berish.
Akademik guruhlar bilan tizimli ishlash.
Rezyume (CV);
Diplom nusxalari;
Pasport nusxasi;
Mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Qo‘shimcha malaka oshirish sertifikatlari (mavjud bo‘lsa).