Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

BuxDPI va Yildiz Texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘l xaritasi belgilandi

  • Bosh sahifa
  • BuxDPI va Yildiz Texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘l xaritasi belgilandi
Event Image

BuxDPI va Yildiz Texnika universiteti o‘rtasida hamkorlik yo‘l xaritasi belgilandi

    Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi delegatsiya Yildiz Texnika universitetidagi tashrifi doirasida Ta’lim fakultetida boʻlishdi. Fakultet dekani Oʻzkan Sapsagʻlam bilan fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari, amaliyot, STEM va laboratoriya xonalari bilan tanishishdi. 

    Uchrashuvda Yildiz Texnika universiteti Ta’lim fakulteti dekani va Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti dekani Hamza Xaitov oʻrtasida qilinishi lozim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida kelishib olindi va yoʻl xaritasi belgilandi.