shape
shape

Jinsiy va reproduktiv salomatlik

Jinsiy va reproduktiv salomatlik

    Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani M.Tilavova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Hakimova, fakultet tyutorlari va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Jinsiy va reproduktiv salomatlik” davra suhbati tashkil etildi.

🎙 Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola markazi akusherlik va ginekologiya bo‘limi mutaxassisi Sharipova Zilola Samandarovna  tomonidan ushbu mavzu yuzasidan ma’ruza qilindi.

✔️Davra suhbatida ushbu kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalish yo‘llari va ularning oldini olish choralari haqida batafsil tushuntirish berildi. Talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ushbu tadbir yoshlarni tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kasalliklarning oldini olish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.