Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Xalqaro hamkorlik – ta’lim va tajriba almashuvining muhim omili

  • Bosh sahifa
  • Xalqaro hamkorlik – ta’lim va tajriba almashuvining muhim omili
Event Image

Xalqaro hamkorlik – ta’lim va tajriba almashuvining muhim omili

    Buxoro davlat pedagogika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari Qozon federal universitetiga malaka oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashrif buyurdilar.

    Tashrif doirasida delegatsiya Qozon federal universitetining “Umumiy jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Kafedra mudiri Tagirova Natalya Petrovna tomonidan universitetning zamonaviy jismoniy tarbiya va sport binolari, sport inshootlarida yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonini tashkil etish tajribalari atroflicha tanishtirildi.

    Shuningdek, professor-o‘qituvchilarimiz o‘quv mashg‘ulotlari va dars jarayonlarini bevosita kuzatib, ilg‘or pedagogik yondashuvlar bilan tanishdilar.

    🤝 Uchrashuv davomida Buxoro davlat pedagogika instituti va Qozon federal universiteti o‘rtasida kelgusida xalqaro konferensiyalar tashkil etish, o‘quv qo‘llanmalar va monografiyalar yaratish, Scopus va Web of Science ilmiy bazalarida maqolalar chop etish, talabalar almashinuvi, yozgi maktablar hamda professor-o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashinuvi kabi rejali ishlarni amalga oshirish bo‘yicha batafsil kelishuvlarga erishildi.

    Samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.