shape
shape

Marafon 2026 : "Yagona Vatan, yagona xalq"

  • Bosh sahifa
  • Marafon 2026 : "Yagona Vatan, yagona xalq"
Event Image

Marafon 2026 : "Yagona Vatan, yagona xalq"

Yagona Vatan, yagona xalq Marafon 2026

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan keng ko‘lamli ommaviy yurish-marafoni hamda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari yuksak saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Marafon qadimiy Ark qo‘rg‘oni oldidan start olib, tarixiy Labi Hovuz majmuasiga qadar davom etdi. Mazkur yo‘nalish ishtirokchilarga nafaqat jismoniy faollikni namoyon etish, balki Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi bilan uyg‘un holda sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini yanada chuqur his etish imkonini berdi.Tadbirning asosiy maqsadi — sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida jamoaviylik, birdamlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Marafon bilan bir qatorda tashkil etilgan ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari ishtirokchilarga kunni tetiklik, yuqori energiya va ijobiy kayfiyat bilan boshlash imkonini yaratdi. Mashg‘ulotlar davomida jismoniy chiniqish, sog‘lom hayotga intilish hamda jamoaviylik ruhi yanada mustahkamlandi.Tadbir davomida samimiy muhit, quvonchli lahzalar va faol ishtirok alohida e’tiborga sazovor bo‘lib, marafon chin ma’noda bayramona ruhda o‘tdi. Ishtirokchilarning yuqori kayfiyati, o‘zaro hamjihatligi va faol qatnashuvi mazkur tadbirning ahamiyatini yanada oshirdi.
Mazkur ommaviy yurish-marafoni nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda, balki jamiyatda birlik, hamjihatlik va ijobiy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirib, kelgusida ham shunday keng qamrovli sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini davom ettirishga mustahkam zamin yaratdi.
переведи на русский