shape
shape

Buxoroda oliygohlar rektorlari va talabalar ishtirokida keng ko‘lamli ommaviy marafon o‘tkazilmoqda

  • Bosh sahifa
  • Buxoroda oliygohlar rektorlari va talabalar ishtirokida keng ko‘lamli ommaviy marafon o‘tkazilmoqda
Event Image

Buxoroda oliygohlar rektorlari va talabalar ishtirokida keng ko‘lamli ommaviy marafon o‘tkazilmoqda

Ayni damda Buxoro shahrining tarixiy ARK qo‘rg‘oni oldida Buxoro davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan keng ko‘lamli ommaviy yurish-marafoni hamda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Marafon yo‘nalishi qadimiy ARK qo‘rg‘onidan boshlanib, Buxoroning betakror tarixiy maskanlaridan biri — Labi Hovuz majmuasiga qadar davom etadi.Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar bilan bir qatorda Respublika pedagogika oliygohlarining rektor va prorektorlari ham faol ishtirok etmoqda.Mazkur tadbir ishtirokchilarga nafaqat jismoniy faollikni namoyon etish, balki Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi bilan uyg‘un holda sog‘lom turmush tarzining ahamiyatini yanada chuqur his etish imkonini bermoqda
Tadbirning asosiy maqsadi — sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida jamoaviylik, birdamlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.