shape
shape

“Navro‘z nashidasi” konsert dasturi tashkil etildi

  • Bosh sahifa
  • “Navro‘z nashidasi” konsert dasturi tashkil etildi
Event Image

“Navro‘z nashidasi” konsert dasturi tashkil etildi

    Buxoro davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Musiqa va tasviriy sanʼat kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘z nashidasi” nomli konsert dasturi tashkil etildi.

    Konsert davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, bahor nafasi va Navro‘z ruhini aks ettiruvchi musiqiy chiqishlar hamda badiiy ijrolar namoyish etildi. Talaba-yoshlar va ustozlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

    Mazkur konsert dasturi Buxoro ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi direktori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori B.Nurullayev tashabbusi va tashkilotchiligida yuqori saviyada o‘tkazildi.

    Ushbu tadbir milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish, Navro‘z bayramining mazmun-mohiyatini yoshlar qalbiga singdirish hamda sanʼatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.