Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

“Bizning Konstitutsiyamiz – mustaqilligimiz va kelajagimiz ramzi”

  • Bosh sahifa
  • “Bizning Konstitutsiyamiz – mustaqilligimiz va kelajagimiz ramzi”
Event Image

“Bizning Konstitutsiyamiz – mustaqilligimiz va kelajagimiz ramzi”

    Qozon Federal Universiteti Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya institutida ushbu nom ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, ta’lim va ilm-fan sohasidagi mustahkam hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

    🔍 Tadbir Qozon shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligi ko‘magida tashkil etilib, unda Edutech IKMK KFU Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi bazasida malaka oshirayotgan Buxoro davlat pedagogika institutining 16 nafar professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.

    IKMK KFU direktori Radif Zamaletdinov o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida e’tirof etib, Qozon Federal Universitetining aynan O‘zbekistonda ilk xorijiy filialini ochgani ham ushbu ishonch va hamkorlikning natijasi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Buxoro davlat pedagogika instituti bilan aloqalarni yanada mustahkamlash va amaldagi stajirovka dasturlarining muhim ahamiyatini qayd etdi.

    ☄️ Qozon shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulligining birinchi kotibi Kamol Davronov yig‘ilganlarni Konstitutsiya kuni bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda yoshlar ta’limiga berilayotgan e’tibor, xalqaro hamkorlik va zamonaviy bilim olish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fikr bildirdi. U, shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodir Baxshulloyevich Ma’murovga ta’lim sohasidagi samarali hamkorlik uchun minnatdorlik izhor etdi.

    ✅ Tadbirda Buxoro davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari, jumladan Laylo Sharipova, Gavhar Saidova, Sirojiddin Murodov, Manuchehr Ibragimov, Feruz Safarov, Anvar Rashidov, shuningdek, IKMK KFU professori, filologiya fanlari doktori Alfiya Yusupova, Musiqa va tasviriy san’at kafedrasi mudiri Dilshod Mamatov hamda IKMK KFU ilmiy va xalqaro faoliyatni qo‘llab-quvvatlash markazi mudiri Artyom Drugov ishtirok etdilar.

    🔗 Mazkur tantanali kecha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, ilmiy hamkorlik va madaniy aloqalarning yorqin tasdig‘i bo‘lib, kelgusida ta’lim sohasidagi qo‘shma loyihalar va aloqalarni yanada rivojlan