Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

BDPI rahbariyatining pedagog-xodimlar bilan uchrashuvi: 2025-yil tahlili va 2026-yil ustuvor vazifalari

  • Bosh sahifa
  • BDPI rahbariyatining pedagog-xodimlar bilan uchrashuvi: 2025-yil tahlili va 2026-yil ustuvor vazifalari
Event Image

BDPI rahbariyatining pedagog-xodimlar bilan uchrashuvi: 2025-yil tahlili va 2026-yil ustuvor vazifalari

    Buxoro davlat pedagogika institut rahbariyatining pedagog-xodimlar bilan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarni belgilash masalalariga bag‘ishlangan o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur uchrashuvda  prorektorlar hamda reja-jadvalga muvofiq Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti dekani, kafedra mudirlari, pedagog-xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida 2025-yil mobaynida fakultet va kafedralarda o‘quv-uslubiy faoliyatni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, raqamli va innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. 

    📖 Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro reytinglar va indeksatsiyalangan jurnallarda nashrlar sonini ko‘paytirish, akademik mobillikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    📰 Muhokamalar jarayonida pedagog-xodimlar tomonidan 2025-yilda uchragan muammolar, jumladan, o‘quv yuklamalari, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash masalalari bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Rahbariyat tomonidan ushbu takliflar asosida tegishli topshiriqlar berildi.

    Uchrashuvda 2026-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilandi. Uchrashuv yakunida 2026-yil uchun belgilangan ustuvor vazifalar asosida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi, ijro intizomi va mas’uliyatni kuchaytirish, bajarilgan ishlar yuzasidan muntazam monitoring olib borish zarurligi ta’kidlandi