


Buxoro davlat pedagogika institutida Tillar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari pedagog-xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
📚 Seminarda ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, yoshlar tarbiyasi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, ta’lim sifatini xalqaro standartlar asosida yuksaltirish va fan-amaliyot integratsiyasi bo‘yicha belgilangan vazifalar yoritildi.
🎓 Bundan tashqari, qishki ta’til davrida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv dasturlarini TOP-300 oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida maqbullashtirishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi. Unda fan dasturlarini yangilash, kompetensiyaviy yondashuv va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.