Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

“Inson kapitalini rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning zamonaviy tendensiyalari” xalqaro konferensiyasi

  • Bosh sahifa
  • “Inson kapitalini rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning zamonaviy tendensiyalari” xalqaro konferensiyasi
Event Image

“Inson kapitalini rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning zamonaviy tendensiyalari” xalqaro konferensiyasi

     Ayni paytda Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida jahon tajribasi va milliy amaliyotni birlashtirgan yirik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. Tadbirning asosiy yo‘nalishi — inson kapitalini rivojlantirishda jismoniy tarbiya va sportning zamonaviy tendensiyalarini chuqur tahlil qilish va ta’lim jarayoniga tatbiq etishdir.

    Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama qilinmoqda:
🔴 Jismoniy tarbiya va sportning innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari
🔴 Zamonaviy sport texnologiyalarining ta’lim tizimiga ta’siri
🔴 Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda samarali yondashuvlar
🔴 Inson kapitalini mustahkamlashda sportning ijtimoiy-psixologik omillari

    Tadbirda nafaqat O‘zbekiston, balki bir qator xorijiy davlatlardan yetakchi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar va amaliyotchi trenerlar ishtirok etib, o‘z tajribasi hamda ilmiy ishlanmalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Bu esa ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yangi g‘oyalar almashinuvini yaxshilash va jismoniy tarbiya sohasida xalqaro integratsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Konferensiya natijalari kelgusida ta’lim dasturlarini takomillashtirish, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.