Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

“ILM VA AYOL: BARQAROR JAMIYAT SARI” Viloyat miqyosida ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • “ILM VA AYOL: BARQAROR JAMIYAT SARI” Viloyat miqyosida ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Event Image

“ILM VA AYOL: BARQAROR JAMIYAT SARI” Viloyat miqyosida ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi

    Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan viloyatimizda “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida nufuzli ilmiy-ma’rifiy anjuman tashkil etildi.

    Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-fevral sanasi Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni sifatida jahon hamjamiyati tomonidan keng nishonlanadi. Mazkur sana munosabati bilan o‘tkazilgan anjumanda viloyatimizda ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yetuk olima ayollar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda yosh izlanuvchilar jam bo‘ldilar.

    Tadbir davomida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilm-fan sohasini rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, jamiyatda ilmiy tafakkur va ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashda xotin-qizlarning beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi.

    Anjuman yakunida ilm-fan rivoji, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda jamiyatda ma’rifat va innovatsion g‘oyalarni keng targ‘ib etish borasidagi samarali faoliyati uchun bir guruh PhD, DSc va professor ayollar viloyat rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

🏅 Taqdirlash marosimida:
— Viloyat hokimi o‘rinbosari Hafiza To‘ymurodovna Artikova,
— O‘zbekiston Qahramoni Martiya Rahmatova,
— Ombudsmanning Buxoro viloyati bo'yicha mintaqaviy vakili. “Olima” uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari  Abera Amanovna Huseynova

    Mazkur anjuman ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni ilmga yo‘naltirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.