


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni hamda 2025-yil 19-noyabrdagi 61-q/q-sonli qo‘shma qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7818774) ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchi va talaba-yoshlarning narkojinoyatlar oqibatlari, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning hayoti, mehnat faoliyati hamda ijtimoiy-ma’naviy muhiti bilan tanishtirishga qaratilgan amaliy tashriflar tashkil etilmoqda.
☄️✅ Shu munosabat bilan Buxoro davlat pedagogika instituti profilaktika inspektori Jonibek Ibotov boshchiligida institut talabalari 6-mintaqaviy hududga qarashli 4-son tergov hibsxonasiga tashrif buyurishdi.
✔️ Tashrif davomida talabalar:
🔴jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning kundalik hayoti va tartiblari,
🔴mehnat faoliyati va uning tarbiyaviy ahamiyati,
🔴narkojinoyatlarning shaxs hayotiga keltiruvchi og‘ir oqibatlari,
🔴 huquqiy mas’uliyat hamda jinoyatning jamiyatga ta’siri
Bunday amaliy uchrashuvlar yoshlar ongida huquqiy madaniyatni mustahkamlash, narkotik vositalarga qarshi immunitetni shakllantirish, jinoyatning og‘ir oqibatlarini chuqur anglash va sog‘lom turmush tarziga sadoqatni kuchaytirishga xizmat qiladi.