Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika institutida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika institutida Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

    Buxoro davlat pedagogika institutida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy ma'naviy muhitni mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan Ma’naviyat va ma’rifat kengashining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi.

    Yig‘ilish davomida institutda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

    Fevral oyining “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” munosabati bilan talabalar orasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda talabalar turar joylari va ijara xonadonlarda yashayotgan talabalar holidan xabar olish, ayniqsa kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.